Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasiga yangi rahbar tayinlandi

Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasiga yangi rahbar tayinlandi

«Tolibon» hukumati Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasiga yangi rahbar tayinladi.

Jurnalist Sami Yusufzayning yozishicha, ushbu lavozimga tayinlanganiga 3 oy to‘lmagan Mug‘furulloh Shahob o‘rnini Abdul G‘affor Baxr egallagan.

Kelib chiqishi qandahorlik bo‘lgan Abdul G‘affor Baxr bungacha Oliy sudning Taftish va tadqiqotlar departamentiga rahbarlik qilib kelgan. 

Ma’lumot uchun, Mag‘furulloh Shahobning O‘zbekistondagi ishonchli vakil etib tayinlanishi uning «Tolibon» kon va neft vaziri Shahobiddin Delaverning o‘g‘li ekanligi vajidan ayrim rasmiylar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring