Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tolibon» Toshkentda. Ular poytaxtda o‘z ofislarini ochishi mumkin

«Tolibon» Toshkentda. Ular poytaxtda o‘z ofislarini ochishi mumkin

Foto: «Ariana News»

2018-yilning 7-10-avgust kunlari Doha shahrida (Qatar) joylashgan «Tolibon» harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbos Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan.

«Tolibon» harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.

Xorijiy OAVning yozishicha, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev «Tolibon» vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

«Afghan online press» nashrining xabariga ko‘ra, «Tolibon» Toshkent shahrida o‘z rasmiy ofisini ochishi mumkin. Hozircha faqat Dohada qarorgohga ega bo‘lib, shuningdek, Dubay (BAA) shahrida ham yangi idora ochishlari rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzucida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasiga «Tolibon» harakati vakillari taklif etilgan, ammo qatnashmagan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasidagi muzokaralarga bag‘ishlangan bayonot e’lon qilingan va unda Toshkent shahrida 2018-yil 27-mart kuni bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya davomida erishilgan kelishuvlar muhokama qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring