To‘qayev qancha muddat prezident bo‘lishini ma’lum qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yana qancha muddat mamlakat rahbari bo‘lishini ochiqladi. Bu haqda «NewTimes.kz» xabar berdi.
To‘qayev o‘z lavozimini saqlab qolish uchun mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritmaslikka va’da bergan.
«Qozog‘iston prezidenti lavozimida qancha muddat qolishimni aniq bilmayman, lekin bir narsani aniq ayta olaman. Men, konstitutsiyaga ko‘ra, ikki muddatdan ortiq mamlakat rahbarligi lavozimini egallamayman. Ya’ni qonunlar ham, konstitutsiyaga ham o‘zgartirish kiritilmaydi», — dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter