Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ko‘chasida «Gazel» yonib ketdi

Toshkent ko‘chasida «Gazel» yonib ketdi

Bugun soat 07:32 da Uchtepa tumani «Katta Cho‘ponota» MFY TXAY ko‘chasi Bo‘rijar kanali ustidagi ko‘prikdan harakatlanib ketayotgan «Gazel» rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:37 da yetib borib, yong‘in soat 07:43 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida avtomobilning mator va salon qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring