Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosida mobil aloqa ishga tushirilishi mumkin

Toshkent metrosida mobil aloqa ishga tushirilishi mumkin

Foto: «m24.ru»

2018-yil 1-iyundan boshlab Toshkent metropolitenida fotosurat va videoga tushirishga rasman ruxsat berilib, Metropolitendan foydalanish qoidalarining 4 — «Yo‘lovchilarning huquqlari» bo‘limiga 4.2-band qo‘shilgan va unda «Foto- va video suratga olishga ruxsat etiladi» deb yozib qo‘yilgan edi.

Ayni paytda sinov tariqasida Toshkent metropolitenining ayrim bekatlarida bepul Wi-Fi ishlab turganini alohida qayd etish kerak. «Repost» nashrining aniqlik kiritishicha, endilikda metroda aloqa xizmati ham ishga tushishi mumkin.

Nashrning yozishicha, metroga mobil aloqa operatorlarining antennalarini o‘rnatish ishlari Wi-Fi tarmog‘ining sinovi yakuniga yetgach boshlanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring