Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati qayta tashkil etildi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati qayta tashkil etildi

Foto: «Novosti Uzbekistana»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14-fevral kuni «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, Bosh boshqarma Matbuot xizmati Bosh boshqarma Axborot multimedia markazi etib qayta tashkil etildi, uning asosiy vazifalari etib o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oluvchi materiallarni ijodiy yondashuv asosida tayyorlash hamda kunlik efirga uzatish, shu jumladan, Internet tarmog‘iga joylashtirish ta’minlanadi:

— Toshkent shahrida sodir etilgan, ayniqsa, jamoatchilik o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoyat va hodisalar to‘g‘risidagi xolis ma’lumotlar;

— jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari ish jarayoni va erishilgan natijalar haqidagi ma’lumotlar;

— ichki ishlar organlari faoliyatini obro‘sizlantiradigan ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlarga raddiya berish.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Multimedia markazi xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi miqdorida oylik ustama to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Bosh boshqarma boshlig‘iga Multimedia markaziga mutaxassislar (muxbir, operator, videomontajchi, IT-mutaxassis, studiya-apparat majmuasi muhandisi va boshqalar)ni mehnat bozorining amaldagi kon’yunkturasini hisobga olib, to‘lov miqdorini belgilagan holda shartnoma asosida ishga jalb etish huquqi berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring