Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida «Yoshlar sport haftaligi»ga start berildi

Toshkent viloyatida «Yoshlar sport haftaligi»ga start berildi

Joriy yilning 29 oktyabr – 3 noyabr kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mahalliy Kengashlari va viloyat Kengashi tomonidan «Yoshlar sport haftaligi» doirasida ommaviy sport musobaqalari tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur musobaqalarga  7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Musobaqalarni tashkil etishdan maqsad - yoshlarning barcha qatlamini ommaviy sportga jalb qilish. Bu borada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi va hamkor tashkilotlar o‘rtasida aniq belgilangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

29 oktyabr – 3 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sport musobaqalariga viloyatdagi 300 mingdan ortiq turli qatlam yoshlarini qamrab olish ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring