Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Avval to‘lab qo‘y!» – Toshkentda 2 mingdan ortiq pullik «parkovka»lar tashkil etiladi (ro‘yxat)

«Avval to‘lab qo‘y!» – Toshkentda 2 mingdan ortiq pullik «parkovka»lar tashkil etiladi (ro‘yxat)

Toshkent shahar transport boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2022-yilda poytaxtning 10 ta markaziy ko‘chalarida, jumladan, Glinka, Bratislava, Mirobod, Avliyo ota, Taras Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Fidokor, Sodiq Azimov va Yakub Kolas ko‘chalarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish belgilangan.

Unga ko‘ra:

  1. Glinka ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 202 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 20 ta.
  2. Bratislava ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 84 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 2 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 8 ta.
  3. Mirobod ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 385 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 35 ta.
  4. Avliyo ota ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 150 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 15 ta.
  5. Taras Shevchenko ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta.


  6. Said Baraka ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta.
  7. Moshtabib ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 165 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 16 ta.
  8. Fidokor ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 120 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 12 ta.
  9. Sodiq Azimov ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 324 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 32 ta.

  10. Yakub Kolas ko‘chasi - yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 180 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 18 ta.

Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘chalardagi avtomobil to‘xtash joylaridan kelib chiqqan holda 5 foizi aynan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajaratiladi va ularning joylaridan boshqa foydalanuvchilar foydalanishi taqiqlanadi. Shuningdek, ular uchun yo‘l bo‘yi avtoturargohlardan foydalanish bepul etib belgilash rejalashtirilgan.

Toshkent shahar transport boshqarmasi mazkur loyihaga izoh berar ekan, Toshkentda avtotransport vositalari ko‘payayotgani, bu esa avtoturargohlarga, jumladan, yo‘l bo‘yidagi to‘xtash joylariga talabning oshishiga olib kelayotganini ta’kidlaydi.

«Yo‘l bo‘yi to‘xtash joylari tizimli ravishda tashkil etilmayotganligi sababli poytaxt markaziy ko‘chalarida to‘xtash joylari harakat qismidan ko‘ra ko‘proq joy egallagan ko‘chalar soni oshganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Ta’kidlash joizki, haydovchilarni taqiqlovchi belgilar bilan to‘xtatib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda ko‘chalarda avtotransport vositalarini to‘xtab turish va to‘xtashini tartibga soluvchi shaxslar noqonuniy ravishda ishlayotganiga guvoh bo‘lamiz va bu esa ularni kimgadir mashinani qo‘yishga ko‘rsayotgan xizmatlar boshqa harakat ishtirokchilarining ko‘chalarda o‘tishini murakkablashtirishiga guvoh bo‘lamiz», – deyiladi Boshqarma izohida.

Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha:

- shaxsiy avtomobil haydovchilarini shaxsiy avtomobilda shahar markaziga kelishdan voz kechishga va jamoat transportidan foydalanishga rag‘batlantiradi;

- yengil taksilar va karshering uchun to‘xtashga ruxsat berilishi ham shahar markazidagi transport oqimining kamayishiga omil bo‘ladi;

- aholi yashash joylari yonida qulay to‘xtash joylari tashkil etilishi ham ko‘chalarning o‘tkazuvchanligini, harakatlanish tezligini va qulayliklarninng oshirilishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring