Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda nogiron va og‘ir sharoitda yashayotgan 63 nafar insonga uy topshirildi

Toshkentda  nogiron va og‘ir sharoitda yashayotgan 63 nafar insonga uy topshirildi

Foto:«Toshkent.uz»

Joriy yilning boshidan Toshkent shahri bo‘yicha: Nogironligi bo‘lgan shaxslarga jami 410 ta nogironlik aravachalari, 28 dona tibbiy protez-ortopedik moslamalar, 55 dona eshitish moslamalari, 87 dona qo‘ltiq tayoq va hassalar, 11 dona xodunok moslamalari berildi. Xususan Poytaxtimizdagi oilalarni o‘rganish davomida jami 3894 nafar ishlashni xohlovchi xotin-qizlarimizning ro‘yxatlari shakllantirildi.

Shuningdek, poytaxtimizdagi «Ashxobos sayilgohi»da o‘tkazilgan tadbir ham bir guruh yurtdoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Jumladan, 63 nafar og‘ir turmush sharoitidagi, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga va «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilariga uy-joylar kalitlarini Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev, Prezidentimiz nomidan topshirdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto:«Toshkent.uz»

Shu jumladan, tadbirda ishtirok etgan 53 nafar yurtdoshimizga nogironlik aravachasi, 34 ta fuqaroga eshitish moslamalari, 21 nafar fuqaroga maishiy texnika vositalari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring