Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 9-qavatdan o‘zini tashlagan fuqaro tirik qoldi

Toshkentda 9-qavatdan o‘zini tashlagan fuqaro tirik qoldi

Foto: IIBB

Toshkentda 9-qavatdan o‘zini tashlagan fuqaro tirik qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum fuqaro 9-qavatdan tushib ketgan uy aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB izoh berdi. 

Joriy yilning 21-iyul kuni Yunusobod tumani, 9-mavze hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida, 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro T.R, shu uyning 9-qavatidagi derazadan o‘zini pastga tashlagan va kirish yo‘lagining tom qismiga urilib, yerga tushgan. Natijada fuqaro “BMYoJ, BMCh, chap o‘mrov suyagi, o‘ng ko‘krak suyagi, birinchi bel umurtqasi kompression sinishi 2,3-daraja, travmatik shok 2-darajasi” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan.

Hozirda bemor shifokorlar nazoratida.    

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro 2024 yilning oxiridan buyon ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi boshlanganligi va psixolog-shifokor tekshiruvlaridan o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring