Toshkentda dunyoning taniqli ekspertlari jamlandi. «StarTTech» konferensiyasidan onlayn translyasiya (video)

Bugun, 10-yanvar kuni Toshkent shahrida axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan «StarTTech» konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda IT-park tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda dunyoning turli burchaklaridan AKT mutaxassislari yig‘ilib, ularning ma’ruzalari tinglanadi, shuningdek, IT-parkning yil yakunlari va kelajak rejalari haqida hikoya qilinadi.
«StarTTech» 4 sessiyadan iborat bo‘lib, ular eng muhim IT-bloklarni o‘z ichiga oladi, masalan: startap ekotizimi, venchur moliyalashtirish, IT-ta’lim va IT-markazlar, IT-eksportni rivojlantirish.
Konferensiyada mahalliy va xorijiy ekspertlar ma’ruza qilishadi. «Xabar.uz» sayti IT-park bilan hamkorlikda ushbu tadbirdan onlayn translyasiya amalga oshiradi. Quyida uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter