Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yettinchi sinfda o‘qiyotgan qiz o‘z joniga qasd qildi

Toshkentda yettinchi sinfda o‘qiyotgan qiz o‘z joniga qasd qildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 7-sinf o‘quvchi qiz o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 28-noyabr kuni soat taxminan 17:24 larda tumanda joylashgan 241-maktabning 7-«A» sinf o‘quvchisi Oltintepa ko‘chasi, 203-uyda yashovchi 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Z. A. (qiz) yashash hovlisidagi daraxtga o‘zini osib, o‘z joniga qasd qildi.

Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

Sud-tibbiy ekspertizasi Yunusobod filialining 29-noyabrdagi dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumaning o‘limi «bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan tiqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya»dan yuz berganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring