Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda hakamlik sudi sudyasi ushlandi

Toshkentda hakamlik sudi sudyasi ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkent shaharda ishni javobgarning foydasiga hal qilib bermoqchi bo‘lgan hakamlik sudi sudyasi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahar Hakamlik sudi sudyasi M.K. da’vogar F.T. va javobgar M.X.ning ishi bo‘yicha ishni M.X.ning foydasiga hal qilib berish hamda ushbu qarorning kelgusida bekor bo‘lmasligini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga javobgar M.X.dan firibgarlik yo‘li bilan 4 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring