Toshkentda ikki kishi yong‘in chiqqan mashina ichida qolib ketdi (video)

Kecha, 9-yanvar kuni soat 23:17da Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida «BMW» hamda «LACETTI» rusumli avtomashinalar ishtirokida mudhish yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
YTH oqibatida, «BMW» rusumli avtoulovning motor va salon qismi hamda «LACETTI» rusumli avtoulovning salon qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ayanchlisi mazkur hodisada 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 2 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter