Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «iPhone» uchun berilgan pullar qalbaki bo‘lib chiqdi

Toshkentda «iPhone» uchun berilgan pullar qalbaki bo‘lib chiqdi

27-mart kuni 26 yoshli Norbek Sh. «iPhone 12 Pro» rusumli telefon apparatini 5 million 900 ming so‘mga sotishi haqida e’lon beradi. Tez orada ushbu e’longa notanish yigit qo‘ng‘iroq qilib, telefon apparatini sotib olmoqchi ekanligini ma’lum qiladi.

Norbek Yangihayot tumanidagi 3-metro bekati oldida joylashgan avtobus bekatida xaridor bilan uchrashishga kelishadi. Notanish yigit deyarli savdolashmay, kelishilgan pulni Norbekka berib, telefonni olib ketadi.

Norbek pullarni sanaganida bir nechta pullarning haqiqiyligiga shubhalangan va bu holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qilgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida Norbekdan 10 dona 200 000 so‘mlik va 5 dona 100 000 so‘mlik, jami 2 500 000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ushbu pul birliklarini aniqlash maqsadida Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi ekspertlari tomonidan ekspertiza o‘tkazilgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra ushbu pul birliklari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi («Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring