Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda issiq suv ta’minotida uzilishlar boshlandi

Toshkentda issiq suv ta’minotida uzilishlar boshlandi

Foto: Xabar.uz

12-sentyabrdan boshlab 2022-2023-yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahrida issiqlik markazlari faoliyatini mavsumiy to‘liq rejali to‘xtatish amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan bugundan (12-16-sentyabr kunlari) Katta Chilonzor, Muqumiy, Seul, Cho‘ponota, Lutfiy, Kichik Beshyog‘och ko‘chalarida hamda Chilonzor 1-, 2-, 3-,4- mavzelarida hamda 5-mavzening bir qismida, Ye va I- 24 mavzelarida issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi.

Bu haqda «Veolia Energy Tashkent» MChJ mas’ullari ma’lum qilgan.

Avvalroq Xiva shahrida gaz ta’minoti uzilgani xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring