Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda koronavirus tarqalishi sabablari aytildi

Toshkentda koronavirus tarqalishi sabablari aytildi

Foto: «Xabar.uz»

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiya ishtirokchilariga qilgan ma’ruzasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uchta tumanda karantin qoidalariga mas’uliyatsizlik bilan yodoshish kasallikning keng tarqalishiga olib kelgan, jumladan:

  • 2021-yilning 10-mart kuni Yunusobod tumanida joylashgan bolalar (yoki ta’lim) muassasasi tarbiyachisi R. M.da koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Epidemiologik surishtiruv natijasida tarbiyachi xonadonida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemor bo‘lishiga qaramasdan, ushbu tarbiyachi karantinga rioya etmasdan ish joyiga borib ishlagan va natijada 11-mart kuni  epidemiologik ko‘rsatmaga asosan muassasaning tarbiyachi va tarbiyalanuvchilaridan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganida, 13-mart kuni 2 nafar tarbiyachida, shifokorda va  1 nafar tarbiyalanuvchida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Hozirda bu ish Toshkent shahar Prokuraturasining nazoratiga olingan;
  • 2021-yilning 5-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ta’lim muassasasi tarbiyachisi M. M.ning qaynotasi Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashhisi bilan yetkazilgan va 7 mart kuni vafot etgan. 9 mart kuni janoza paytida mazkur ta’lim muassasasining bir necha xodimlari ishtirok etgan va bu bilan muassasa tarbiyalanuvchilarining sog‘lig‘ini xavfga qo‘ygan;
  • Olmazor tumanida joylashgan oliy ta’lim muassasasiga qarashli yotoqxonada ham 3 nafar talabada bir necha kundan buyon tana haroratining ko‘tarilishi, tomoq og‘rig‘i va holsizlik belgilari bo‘lganligi sababli, talabalardan 11-mart kuni koronavirus infeksiyasiga test tahlil surtma namunalari olingan. 2021-yil 13-mart kuni oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultetida kasallik alomati mavjud bo‘lmagan 4 nafar talabasida kasallik aniqlangan.

Shularni inobatga olgan holda mutassadi tashkilotlar rahbarlariga  qator  ko‘rsatmalar berilib, Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining qarori qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring