Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «LABO» yukxonasida cho‘milgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

Toshkentda «LABO» yukxonasida cho‘milgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda «LABO» rusumli transport vositasining yukxonasida bir fuqaro cho‘milgani aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlangan.

Qayd etilishicha, 1990-yilda tug‘ilgan Yu.Q. boshqaruvidagi davlat raqami 10 F 167 ZA bo‘lgan «LABO» rusumli transport vositasi yukxonasida 1996 yilda tug‘ilgan Yu.Sh. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan ustiga suv quyib, baqir-chaqir qilib jamoat tartibini buzgan.

Mazkur holat bo‘yicha ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etilgan.

Sud tomonidan ushbu shaxslarga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring