Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Milliy cholg‘ularni ishlab chiqarish sozgarlar shaharchasi quriladi – Loyiha

Toshkentda Milliy cholg‘ularni ishlab chiqarish sozgarlar shaharchasi quriladi – Loyiha

Toshkent shahrida  Milliy cholg‘ularni ishlab chiqarish sozgarlar shaharchasi tashkil etiladi. Bu haqdagi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra, sozgarlar shaharchasini barpo etish uchun Toshkent shahridan 2 gektar yer maydoni ajratiladi.

Shuningdek, Moliya vazirligi 2023-yil 1-fevralga qadar sozgarlar shaharchasini barpo etish, jumladan, milliy cholg‘ular muzeyi, «Hunarmand» uyushmasi sub’yektlari (a’zolari) sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 20 ta usta-hunarmandlarning har biriga alohida milliy musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan bino inshootlarni, xususan, musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish sexlari, quritish xonalari, ombor xonalari hamda tayyor mahsulotlarni sotish uchun do‘konlar, bundan tashqari «Hunarmand» uyushmasi sub’yektlari (a’zolari)  sifatida ro‘yxatdan o‘tgan usta-hunarmandlar uchun yashash xonadonlarini qurish, jihozlash hamda sozgarlar shaharchasi atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida respublika budjetidan Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga 65 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlaydi.

Bunda, Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga sozgarlar shaharchasini barpo etish uchun ajratiladigan mablag‘lar buyurtmachiga belgilangan tartibda o‘tkazib beriladi.

Qayd etilishicha, ushbu hujjatdan:

  • sozgarlar shaharchasidayaratilgan ilmiy ixtirolarni amaliyotda qo‘llash va ijrochilar orasida ommalashtirish ishlarini targ‘ibot qilish;
  • xalq musiqa madaniyatining har tomonlama rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish;
  • sozgarlar shaharchasidamilliy cholg‘ular muzeyini tashkil etish va yurtimiz aholisi hamda chet ellik mehmonlarni jalb qilish ishlarini amalga oshirish;
  • milliy musiqa cholg‘ulari yasash bo‘yicha sozgarlik san’ati maktabini rivojlantirish va takomillashtirish;
  • milliy musiqa cholg‘ulari yasovchi usta-hunarmandlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish va shu yo‘nalishdagi ustalarning yangi avlodini tarbiyalash;
  • O‘zbekiston Respublikasidagi barcha ta’lim muassasalari, ijodiy jamoalar ehtiyojlariga ko‘ra ularni yuqori sifatli musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi hamda milliy cholg‘ular ishlab chiqaruvchi sozgar usta-hunarmandlar ishtirokida har chorakda bir martadan kooperatsion savdolarni tashkil qilishga ko‘maklashish kabi maqsadlar ko‘zlanmoqda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring