Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Tahoe va BYD Song Plus haydovchilari 170−180 km/soat tezlikda harakatlandi

Toshkentda Tahoe va BYD Song Plus haydovchilari 170−180 km/soat tezlikda harakatlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Tahoe va BYD Song Plus haydovchilari Sergeli tumani Fayzli ko‘chasi bo‘ylab 170−180 km/soat tezlikda harakatlangani videosi joylandi.

Toshkent shahri IIBB YHXB ikki haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

Tahoe (01X080KB) haydovchisi — 1998 yilda tug‘ilgan Axror va BYD Song Plus (01U081DC) haydovchisi — 1989 yilda tug‘ilgan Sirojiddin o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan, — deyiladi xabarda.

Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-³-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ushbu moddaga muvofiq, belgilangan tezlikni (60 km/soat) 40 km/soat dan ortiq oshirib haydash bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, haydovchilar bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring