Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda milliy tadqiqot universiteti xodimi qo‘lga olindi

Toshkentda milliy tadqiqot universiteti xodimi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyat boshqarmalari tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Yu.A. boshqa bir fuqaro U.Q.ni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetidagi tanishi orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, ushbu universitetning fakultet dispetcheri vazifasida ishlovchi M.Q. 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring