Toshkentda yana yer qimirladi

Bugun, 10-may kuni soat 19:11 da Toshkentda yana zilzila kuzatildi. Hozircha zilzila markazi, uning magnitudasi qancha bo‘lgani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Shuningdek, yer qimirlashi O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham sodir bo‘lgan yoki bo‘lmaganidan bexabarmiz. Tabiiyki, talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar ham yo‘q.
Ayni paytgacha FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi bu haqda xabar berganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida so‘nggi bor 9-may kuni mahalliy vaqt bilan 15:44da kuchli yer qimirlashi kuzatilgan, uning magnitudani 6.2 balni tashkil qilgani, O‘zbekistonda esa taxminan 3 ball atrofida bo‘lgani aytilgan edi. Mazkur zilzila Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz va Qarshida ham sezilgan.
Xabar to‘ldirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter