Toshkentda yonib ketgan mashina haydovchisi omon qoldi
![Toshkentda yonib ketgan mashina haydovchisi omon qoldi](https://xabar.uz/static/crop/3/7/920__95_3717482178.jpg)
Bugun, 7-iyun kuni Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lida yonilg‘i tashuvchi mashina yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar IIBB ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, voqea 7-iyun kuni taxminan soat 19:00 da Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lida, Mirzo Ulug‘bek tumanida ro‘y bergan. «TransSeulQurilish» unitar korxonasiga qarashli «Hyundai» rusumli mashina yonib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, bunga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Mashina haydovchisi olovni mustaqil ravishda o‘chirishga harakat qilgani sababli yuzidan va qo‘lidan kichik kuyish jarohatlarini olgan. Unga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter