Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentlik ayol Oliy sud binosiga oyna orqali kiribdi!

Toshkentlik ayol Oliy sud binosiga oyna orqali kiribdi!

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Oliy sud ostonasida g‘alati voqea bo‘lgani aytilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarori ijrosini to‘xtatib turish haqida bergan arizasi natijasini bilish uchun kelgan ayol ichkariga qo‘yilmaydi. Ayolning javob kutib toqati toq bo‘lganmi yoki MIBchilar ikki oyoqni bir etikka tiqib olishganmi, ishqilib, rahbariyat (sud qarorlari ijrosini vaqtincha to‘xtatishga shularda vakolat bor-da) qabuliga kirmoqqa qattiq jahd qilgan chog‘i, jon achchig‘ida «post»ning oynagidan bir sakrab, ichkariga kirib ketadi!

Shundan so‘ng bino ichkarisida baqir-chaqir, qiy-chuv ko‘tariladi...

Ayol Oliy sud rahbariyati qabuliga kirganmi-yo‘qmi bilmadik, har holda, «tegishli tushuntirish berilgani» ehtimoli katta.

Biroq hozir gap bunda emas.

Gap Oliy sudga kelayotgan ariza-shikoyatlarga vaqtida va sifatli javob qaytarilishida. Bu masala anchayin og‘riqli muammoga aylagani bor gap. Ommaviy axborot vositalarida ozmuncha yozildimi bu muammo?! Biroq vaziyat o‘zgargani yo‘q. Shikoyat-arizalarga qaytarilayotgan javoblarda shunaqangi kulgili holatlar uchraydiki, mayli, bu endi alohida mavzu.

Oliy sud mutasaddilari vaziyatga qisman izoh o‘laroq, ish hajmi juda katta ekani, «delo»lar ko‘pligidan sudyalarning xizmat xonasida oyoq qo‘ygani joy qolmayotganini ta’kidlagan edi. Ish hajmi ozmas, buni inkor etish qiyin. Ish hajmi haddan ziyod ko‘p ekanining sababiyam ma’lum. Biroq zudlikda javob beradigan arizalar, xususan, qaror ijrosini to‘xtatib turish mazmunidagi murojaatlar ham «dam yeb» qolayotganini oqlab bo‘lmas?

«Adolat qo‘rg‘on»lari eshik yopilsa, teshikdan kiradigan dargoh emas, axir?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring