Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘yda qatnashgan 19 kishi shifoxonaga tushdi

To‘yda qatnashgan 19 kishi shifoxonaga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati, Jomboy tumanida yashovchi 19 nafar fuqaro tibbiyot birlashmalariga to‘y bazmida ovqatdan zaxarlangani yuzasidan murojaat qilishgan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Shulardan 14 nafari sog‘ligining holati qoniqarli ekanligi sababli ambulator sharoitda davolanishga yuborilgan. 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

«MILLAR» ko‘rsatuvining 196 nafar, MARKAZIY STUDIYA ko‘rsatuvining 200 nafar fuqarolar zaxarlangan deya bergan ma’lumotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ushbu xabarlar yuzasidan tekshiruv tayinlandi, deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring