Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Bi-bi-sini sudga bermoqchi

Tramp Bi-bi-sini sudga bermoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp «Panorama» dasturi uchun tayyorlangan hujjatli filmda uning 2021 yil 6 yanvardagi nutqi noto‘g‘ri tahrir qilingani uchun Bi-bi-siga qarshi sudga da’vo arizasi kiritilishini bildirdi.

Trampning aytishicha, Bi-bi-si nutqining ikki alohida qismini birlashtirib, voqealarni haqqoniy aks ettirmagan.

O‘tgan hafta Bi-bi-si ushbu montaj uchun rasman uzr so‘ragandi. Ammo, kompensatsiya to‘lashdan hamda efirda ko‘rsatilgan holatni to‘liq inkor qilishdan bosh tortdi.

Shundan so‘ng Trampning advokatlari korporatsiyani 1 milliard dollarlik da’vo bilan sudga berishini aytdi. Ular efirdagi ma’lumotni rad etish, rasmiy uzr hamda kompensatsiya talab qilishgan.

«Biz ularni sudga beramiz va bir milliarddan besh milliard dollargacha talab qilamiz — katta ehtimol bilan kelasi hafta», – dedi Tramp jurnalistlarga juma kuni kechqurun prezidentlik samolyotida.

Ma’lumot uchun, mazkur hujjatli filmda Trampning 2021 yil 6 yanvardagi Kapitoliy voqealaridan oldingi nutqidan ikki turli parchani montaj qilish orqali birga ko‘rsatilgan. Tramp buni «manipulyasiya» va «qasddan buzib ko‘rsatish» deb baholagan. Bi-bi-si esa texnik xatoni tan olgan, lekin moddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring