Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp internet-reklamaga pul sarflashda rekord o‘rnatdi

Tramp internet-reklamaga pul sarflashda rekord o‘rnatdi

Foto: «Funart.pro»

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasi uchun internet-reklamaga rekord darajada ko‘p pul sarfladi. Bu haqda «Google Transparency Report» ma’lumotlari dalolat bermoqda.

Gap 64,7 million dollar haqida ketmoqda. Ulardan 37,2 millionini «Yana buyuk Amerikani yaratamiz» qo‘mitasi, 27,4 millionini esa «Donald Tramp prezidentligi» saylovoldi shtabi sarflagan. Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Baydenning tashkilotchilari esa internet-reklamaga qariyb ikki baravar kam mablag‘ sarflashgan — buning uchun 32,58 million dollar ajratishgan.

Trampning xarajatlari oldingi rekordni yangiladi: Nyu-York eks-meri, milliarder Maykl Blumberg 2020 yilda saylovoldi kampaniyasiga 62,2 million dollar sarflagandi.

AQShda prezident saylovi 3-noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Saylovchilar respublikachilar partiyasidan amaldagi prezident Donald Trampga, demokratlardan esa vitse-prezident Jo Baydenga ovoz berishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring