Trampning tahdididan so‘ng Panama BMTdan yordam so‘radi

AQSh prezidenti Donald Trampning «xavotirli» tahdidi sababli Panama Birlashgan Millatlar Tashkilotiga shikoyat yo‘lladi, deb xabar berdi BILD.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga qaratilgan murojaatda Panama hukumati BMT Nizomini eslatdi: u tashkilotning har bir a’zosiga boshqa davlatning siyosiy mustaqilligi yoki hududiy yaxlitligiga qarshi «tahdid qilish yoki kuch ishlatish»ni taqiqlaydi.
Tramp o‘z inauguratsiya nutqida Xitoyning Panama kanali zonasida o‘sib borayotgan ta’siridan yana bir bor xavotir bildirib, AQSh bu suv yo‘li ustidan nazoratni «qaytarib olishi»ni aytgandi. Trampning fikricha, kanalni Panama emas, aslida Xitoy boshqarmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter