Tunda Sirdaryodagi xonadonlarning birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bir oila alanga ichida qolgan
2020-yilning 20-noyabr kuni soat 03 dan 06 daqiqa o‘tganda, Sirdaryo tumani FVB navbatchi-dipetcherlik xizmatiga Sirdaryo tumani, Yoshlik mahallasi Ixlos ko‘chasi 23-uydagi 3 ta vaqtinchalik qurilgan (vremyanka) xonaning 38 kv.m. maydonida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yong‘in joyiga ekipajlar soat 03 dan 18 daqiqa o‘tganda yetib borib, 03 dan 21 daqiqa o‘tganda qurshab olingan va 03 dan 55 daqiqa o‘tganda bartaraf etilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
Yong‘in natijasida, yashash uyi ichida bo‘lgan, uy egasi 1974-yilda tug‘ilgan M.I. va uning o‘g‘li 2001-yilda tug‘ilgan M.Q.larning kuygan holdagi jasadlari topilgan. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan xonadonda bo‘lgan uy egasining o‘g‘li 2004-yilda tug‘ilgan Y.Q. va uy egasining jiyani 2006-yilda tug‘ilgan I.Q.lar kuyish tan jarohati olganlar.
Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda. Hozirda holat bo‘yicha tuman Prokuraturasi va tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter