Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya koronavirus tufayli cheklovlarni qachon bekor qilishini ma’lum qildi

Turkiya koronavirus tufayli cheklovlarni qachon bekor qilishini ma’lum qildi

Foto: Abdurrahman Antakyali/Keystone Press Agency/Global Look Press

Turkiya hukumati koronavirus infeksiyasi avj olgani sababli 29-aprel kuni qo‘yilgan cheklovlarni 17-maydan boshlab bekor qila boshlaydi. Bu haqda davlat rahbari Rajab Toyyib Erdog‘an mahalliy televideniyedagi chiqishida ma’lum qildi, deb yozadi «TASS».

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, va’da qilinganidek, 17-may kuni mamlakatda boshqariladigan normallashtirish jarayoni boshlanadi. Hokimiyat fuqarolarning kundalik hayotini yanada yaxshilash maqsadida iyun oyidan boshlab cheklovlarni sezilarli darajada yumshatishni rejalashtirmoqda.

Hukumat ko‘rilgan choralar moslashuvchan tarzda amalga oshirilishini va emlash jarayoniga zarar yetkazmasligini ta’minlashga intilmoqda, deya ta’kidladi Erdog‘an juma namozidan keyin qilgan murojaatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring