Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Turkiya global gaz narxlari markaziga aylanadi» – Erdo‘g‘on

«Turkiya global gaz narxlari markaziga aylanadi» – Erdo‘g‘on

Turkiya hukumati bugungi kunda Yevropa boshdan kechirayotganiga o‘xshash energiya inqirozlarining oldini olish uchun choralar ko‘rishda davom etadi. Bu haqda Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on juma kuni Istanbul yaqinidagi Silivri yerosti gaz omborini kengaytirish loyihasini yakunlash marosimida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

«Biz Putin bilan Turkiya hududida gaz markazini yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bordik. Frakiya energiya markaziga aylanadi. Maqsadimiz Turkiyani imkon qadar tezroq gaz narxlari bo‘yicha global markazga aylantirishdir», deydi Erdo‘g‘on.

Turkiya prezidenti 3,2 milliard kub metr sig‘imga ega Silivri yerosti gaz ombori dastlab mamlakat gaz taqsimlash tizimiga kuniga 28 million kub metr gaz yetkazib berish imkonini berganini yeslatdi. Vaholanki, inshootning ikkinchi navbati ishga tushirilishi bilan undagi gaz ombori hajmi 4,6 milliard kub metrga, sutkalik gaz yetkazib berish esa 75 million kub metrga etadi.

«Silivri gaz ombori bugungi kunda Yevropadagi eng katta gaz omboriga aylandi», – dedi Erdo‘g‘on.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Silivri gaz omborining salohiyati Turkiyaning ko‘k yoqilg‘iga bo‘lgan yillik ehtiyojining sakkiz foizini qoplash imkonini beradi. Gaz saqlash inshootining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun o‘rnatilgan quvvati 4,2 MVt bo‘lgan shamol turbinasi ham qurildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring