Turkiya janubida yana zilzila yuz berdi
Turkiyaning Hatay viloyatidagi Arsuz tumanida 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi.
Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan, hodisa epitsentri O‘rta Yer dengizida bo‘lgan.
Arsuzdan 6 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan zilzila 9,26 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Hatay gubernatori Rahmi Do‘g‘anga ko‘ra, zilziladan keyin hech qanday noxush hodisa, jumladan, binolarga zarar yetmagan.
«Guruhlarimiz hududni tekshirishda davom yetmoqda», deydi gubernator.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter