Turkiyada 21 kun vayronalar ostida yotgan ot tirik topildi (video)
Mo‘’jizaviy tarzda omon qolgan jonivor egasiga qaytarildi.
Turkiyada qutqaruv guruhi mamlakatda sodir bo‘lgan kuchli zilziladan 21 kun o‘tib, vayronalar ostidan tirik otni qutqarib olishdi.
Jonivor Adiyaman shahrida uch hafta davomida vayronalar ostida bo‘lgan, biroq mo‘’jizaviy tarzda omon qolgan. Mutaxassislar otga tibbiy yordam ko‘rsatib, uni egasiga qaytarib berishdi.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida Turkiyada halok bo‘lganlar soni 45 mingdan oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter