Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell — eng tezkor internet oltin mukofotiga sazovor bo‘ldi (video)

Xabaringiz bor, 2024 yilning birinchi yarmida tarmoqqa ulanish tezligi bo‘yicha  Ucell kompaniyasi — O‘zbekistondagi eng yaxshi uyali aloqa operatori deb topilgan edi.

«ICTWEEK UZBEKISTAN 2024» AKT haftaligining ikkinchi kuniga tashrif buyurgan "Ookla" kompaniyasining savdo direktori Viktor Zeng «COSCOM» MChJga (Ucell savdo belgisi) internet samaradorligini sinovdan o‘tkazish va tahlil qilish bo‘yicha jahon yetakchisi hisoblangan — “Ookla“ oltin mukofotini topshirdi.

So‘nggi uch yil mobaynida Ucell kompaniyasining O‘zbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga kiritgan sarmoyasi 354 million dollardan oshdi va topilgan foydaning barchasi mobil aloqa va internetni rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Jumladan, Ucell mobil aloqa tarmog‘i ob’yektlari va antenna machta inshootlari soni qariyb ikki barobar oshdi, 4116 ta mavjud stansiyalar modernizatsiya qilindi, 12614 ta yangi tayanch stansiyalari foydalanishga topshirildi va uzluksiz ishlashni ta’minlash uchun 19 ming dona akkumulyator batareyalari almashtirildi.

2023-2024 yillarda Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida mobil aloqa tarmog‘i infratuzilmasini chuqur modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilib, tayanch stansiyalarining jihozlari to‘liq yangilandi.

Umuman olganda, kompaniya O‘zbekistonda aloqa va texnologik taraqqiyotni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashga intilmoqda.

Bugungi kunda barcha viloyat va shaharlarda 150 ta zamonaviy, texnologik jihatdan ilg‘or savdo shahobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xalq uchun oddiy, arzon va ishonchli xizmatlarni taqdim etib kelayotgan Ucell kompaniyasi naq 9 milliondan ortiq yurtdoshlarimiz ishonchini oqlamoqda!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring