Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell xodimlari donorlikda ishtirok etishdi (video)

Har yilgi an’anaga ko‘ra, 16 may kuni Ucell kompaniyasida «Donorlar kuni» xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Kompaniya xodimlari qon quyilishiga muhtoj bo‘lgan bemorlarga yordam berish uchun tayyor ekanliklarini namoyish etadilar.

Ucell donorlar hamjamiyati yildan yilga kengayib bormoqda va hozirda kompaniyada 100 dan ortiq donorlar bor.

Muhabbat Karimova, Respublika qon quyish markazi katta hamshirasi:

— Ucell kompaniyasi bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilamiz. Kompaniya xodimlari har yili ushbu xayriya aksiyasida faol ishtirok etishadi va 100 nafarga yaqin donorlar qatnashadi. Kompaniya rahbariyatiga xayrihoxligi va bemorlarni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun Respublika qon quyish markazi rahbariyati, barcha bemorlar nomidan rahmat aytaman.

Kompaniya ushbu muhim aksiyada muntazam ishtirok etib, sog‘liqni saqlash va inson hayotini saqlab qolish yo‘lidagi yordamlari uchun barcha xodimlarga chuqur minnatdorlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring