«Uchar golland» Aren Robben faoliyatini yakunladi

Gollandiyalik futbolchi Aren Robben o‘zining Instagram sahifasida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Futbolchi faoliyatini ikkinchi marta yakunlayapti. Avvalroq, 2019-yil u sportni tark etayoganini ma’lum qilgan edi. Ammo, 2020-yil u o‘zining ilk jamoasi «Groningen» professional klubga qaytganini e’lon qildi.
«Do‘stlar, men o‘z futbol faoliyatimini yakunlashga qaror qildim. Bu qarorga kelish men uchun mushkul bo‘ldi. Ruhiy dalda berganlarning barchasiga o‘z minnatdorligimni bildiraman».
37 yoshli futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda yetti marta maydonga tushib, ikkita golli pas uzatgan. Robben Gollandiyaning «Groningen» (2000-2002) hamda PSV (2002-2004), Angliyaning «Chelsi» (2004-2007), Ispaniyaning «Real» (2007-2009), Germaniyaning «Bavariya» (2009-2019) jamoalarida to‘p surgan.
Gollandiya milliy terma jamoa safida Robben Yevropa chempionatining bronza (2004) medali, jahon chempionatlarining kumush (2010) hamda bronza (2014) medallarini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter