Uchinchi qavatdan uloqtirilgan qizaloq tirik qoldi
Bild nashri Berlinda uchinchi qavatdan tashlab yuborilgan chaqaloqning hayoti havf ostida emasligini yozadi. Gap shundaki bir o‘smir Altglinikke hududidagi ko‘p qavatli uy yonidan o‘tayotib yerda yotgan mushuk savatchasini va ingrash ovozini eshitadi. Yigit savatchani ochib, ichida og‘ir yaralangan go‘dakni ko‘radi. 21 oylik qizaloqqa omad kulib boqadi: derazalar ostidagi katta buta uning 11 metr balandlikdan yiqilib qattiq tushishini yumshatgan va ehtimol, hayotini saqlab qolgan. Qizchaning qo‘llari va oyoqlari singanligi aytilmoqda.
«Qiz yiqilishda olgan og‘ir jarohatlari bilan darhol kasalxonaga olib ketildi», deydi politsiya vakili.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat sodir etilgan xonadonda 41 yoshli Chexiya fuqarosi ayol kichkina qizi, to‘qqiz yoshli o‘g‘li va mushugi bilan bo‘lgan. Tergovchilarning taxminiga ko‘ra, ona tushkun holatda.
Hibsga olingan shaxs nima bo‘lganiga izoh berishdan bosh tortdi. Bild nashrining yozishicha, ayolning yana to‘rt nafar farzandi bor.
Qo‘shnilarining so‘zlariga ko‘ra, u yolg‘iz ona – «juda shirin so‘z» va «mehribon». Hozirda ayol ruhiy kasalliklar klinikasida, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter