Uchta viloyatda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Qator viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xababar bermoqda.
Jumladan, general-mayor Nazarmuhamedov Davron Abitovich Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.
Polkovnik Rahmonov Shavkat Navro‘zovich esa Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.
Polkovnik Mavlonov Shavkat Tohirovich Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter