Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar Marsda yana bir hayot nishonasini topishdi

Olimlar Marsda yana bir hayot nishonasini topishdi

Foto: ISRO / ISSDC / Justin Cowart

2012-yildan beri Curiosity marsoxodi Marsda olti marta metan portlashlarini qayd etdi. Ammo olimlar ushbu gaz sayyorada qayerdan kelib chiqqanligini shu paytgacha aniqlay olishmayapti. Kompyuter simulyasiyalari yordamida ular nihoyat chiqindi gaz manbasini topishga muvaffaq bo‘lishdi, deb yozadi «MIR 24».

Kaliforniya texnologiya instituti mutaxassislari metan zarralari harakatini modellashtirishdi, ularni aniqlash paytida shamolning tezligi va yo‘nalishini hisobga olishdi. Natijada ular zarralar yo‘lini bo‘shatilgan joyiga qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. Aniqlanishicha, ehtimoliy manbalardan biri marsoxoddan bir necha o‘n kilometr uzoqlikda — shimoli-g‘arbiy kraterning pastki qismida joylashgan.

Metanning topilishi Mars tadqiqotchilari uchun katta voqea bo‘ldi, chunki gaz hayot nishonasi bo‘lishi mumkin — uni ko‘plab mikroorganizmlar ajratadi. Metan 330 yildan keyin quyosh nuri ta’sirida parchalanishini hisobga olsak, demak, uning manbai yaqinda faollashgan va shu kungacha faol bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring