Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina NATO bayonotiga noxush javob qaytardi

Ukraina NATO bayonotiga noxush javob qaytardi

Ukraina NATOga a’zo bo‘lish uchun hududlarini Rossiyaga berishga rozi bo‘lmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

«Hududni NATO soyaboni bilan almashtirasizmi? G‘alati. Ya’ni, ongli ravishda demokratiyani yo‘qotish ... xalqaro huquqni yo‘q qilish va urushni boshqa avlodlarga meros qoldirish. Rossiya aynan urushni to‘xtatib turishdan manfaatdor», deyiladi xabarda.

Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansi hududni Moskvaga berish haqida emas, balki Kiyevga qurol yetkazib berish tezlashishini e’lon qilishi kerak edi.

15 avgust kuni NATO idorasi rahbari Stian Yensen Ukraina hududlarining bir qismini Rossiyaga berib yuborish orqali Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lishiga erishish mumkinligini taklif qilgandi. Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda Ukrainaning NATOga a’zoligi masalasida sezilarli siljish bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring