Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urganch «qizil»ga o‘tgani uchun cheklovlar qayta joriy qilindi

Urganch «qizil»ga o‘tgani uchun cheklovlar qayta joriy qilindi

Urganch shahri «qizil» toifadagi hududga kiritilganligi munosabati bilan qator cheklovlar qayta joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalashining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi yig‘ilish bayoni bilan belgilangan vazifalardan kelib chiqib, joriy yil 6 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududlar toifasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi axborotida Urganch shahri «qizil» toifadagi hududga kiritilganligi munosabati bilan quyidagi cheklovlar qayta joriy qilindi:

  • avtomashinalarni yuvish shoxobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq ho‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;
  • hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaxonalari faoliyati;
  • park va istirohat bog‘lari faoliyati;
  • nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo faoliyati, zargarlik va gul sotish do‘konlari faoliyati;
  • yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashish faoliyati;
  • jamoat transporti harakati faoliyati;
  • barcha turdagi ommaviy tadbirlar (konsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari), oilaviy tantana, ma’raka va marosimlari (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) faoliyati;
  • buyum bozorlari faoliyati;
  • savdo majmualari faoliyati;
  • sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyati;
  • sport zallari va fitnes klublar, spa va massaj salonlari faoliyati;
  • tungi klub va diskotekalar faoliyati;
  • karaoke va bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari, kompyuter o‘yinlari faoliyati;
  • umumiy ovqatlanish korxonlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (yetkazib berish uchun tayyorlash bundan mustasno);
  • yaxna ichimlik savdo nuqtalari faoliyati;
  • ta’lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) o‘quv kurslari faoliyati;
  • mehmonxonalar, shuningdek, xostellar va mehmon uylari faoliyati;
  • davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar qabuli faoliyati;
  • o‘zini-o‘zi yakkalash hayot tarzi (65 yoshdan oshgan shaxslar uchun) majburiy.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring