Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush haqidagi eng yaxshi film

Urush haqidagi eng yaxshi film

Foto: «Zagonka»

Amerikaning «Screen Rant» kinoportali Ikkinchi jahon urushi boshlanganiga 80 yil to‘lishi (2019-yil 1-sentyabr) munosabati  bilan urush haqidagi eng yaxshi filmlar reytingi (TOP-10)ni tuzishdi.

Birinchi o‘rinni Elem Klimovning «Borib qara» filmi egalladi. «Belarusfilm» va «Mosfilm» hamkorligida suratga olingan ushbu kinoasar 1943-yili Belarus hududida natsistlarning shafqatsizligi haqida hikoya qiladi. Kartinaning tarixi uzoq: 1977-yilga borib taqaladi. O‘shanda ssenariydan rasmiy Moskvaning ko‘ngli to‘lmagan, hatto Masherov aralashuvi ham yordam bermagandi. Filmni avvaliga «Gitlerni o‘ldiringlar» deb nomlashgandi, biroq partiya batamom qarshi chiqqaninan keyin «Borib qara»ni o‘ylab topishgan. Tasvirga olish ishlari oradan yetti yil o‘tib Belarusda 1984-yildagina boshlangan.

Stiven Spilbergning o‘sha mashhur «Shindler ro‘yxati» filmi 4-o‘ringa munosib ko‘rildi, «Oddiy askar Rayanni qutqarish» — oltinchi, dahshatli «Saulning o‘g‘li» esa yettinchi pog‘onadan joy olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring