Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybank va Germaniyaning AKA Bank’i O‘zbekistonda biznes uchun yangi imkoniyatlar ochishmoqda: € 100 mln kredit liniyasi bo‘yicha kelishuv imzolandi

O‘zmilliybank va Germaniyaning AKA Bank’i O‘zbekistonda biznes uchun yangi imkoniyatlar ochishmoqda: € 100 mln kredit liniyasi bo‘yicha kelishuv imzolandi

Germaniya O‘zbekiston Respublikasining muhim strategik, investitsiya va savdo hamkorlaridan biridir. Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning 2024 yil 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam aloqalarning yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

Tashrif doirasida, 16 sentyabr kuni Samarqandda ikki mamlakat rahbarlarining Germaniya va O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari va banklari vakillari ishtirokida qo‘shma uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda hamkorlik munosabatlari va biznes tashabbuslarini yanada kengaytirishga qaratilgan salmoqli ikki tomonlama kelishuvlar paketi imzolandi.

Tashrifning eng muhim voqealaridan biri «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ (O‘zmilliybank) va Germaniyaning «AKA Bank» banki o‘rtasida 100 mln yevro miqdorida kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risidagi kelishuvning imzolanishi bo‘ldi.

Mazkur kelishuv O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi biznesni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etgan holda, mamlakatimizning turli sohalarda kichik va o‘rta biznesga qo‘shma ko‘mak ko‘rsatishni nazarda tutadi, bu esa yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yordam beradi.

Kredit liniyasi shuningdek, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi loyihalarni, masalan, to‘qimachilik sanoati, xizmat ko‘rsatish sohasi, turizm, konchilik va metallurgiya sanoati, muqobil energetikani moliyalashtirishga ham yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, ushbu kelishuv ikki mamlakat yetakchilari tomonidan qabul qilingan 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan Texnologik hamkorlik va sanoat kooperatsiyasi dasturini amalga oshirishga xizmat qiladi. Mazkur dastur O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirish, uning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, investitsiya va innovatsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan.

Imzolangan kelishuv O‘zbekistonning nafaqat Germaniya, balki Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash, hamkorlik hamda rivojlanishning yangi istiqbollarini ochish uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: «AKA Bank» 1952-yilda Yevropaning yetakchi banklari konsorssiumi tomonidan tashkil etilgan ixtisoslashgan moliya instituti bo‘lib, uning asosiy maqsadi - savdoni rivojlantirish va Yevropa tovarlari va xizmatlarini xalqaro bozorlarga eksport qilishni moliyalashtirishga qaratilgan.

«AKA Bank» moslashuvchanligi, hamkorlarga sodiqligi va loyihalarni keng sohalarda moliyalashtirishi bilan ajralib turadigan Germaniyaning yetakchi moliya institutlaridan biri hisoblanadi.

2023-yil yakuni bo‘yicha «AKA Bank» kapitali 314,6 million AQSh dollarini, aktivlari esa 4,3 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring