Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 33-sessiyasida viloyat Kengashi raisining jamoatchilik asosidagi o‘rinbosari lavozimini joriy etish masalasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Namnews.uz” axborot-tahliliy portali xabar berdi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov mazkur yangi lavozimga “53-Chortoq” saylov okrugidan deputat Mahmudjon Parpiyevning nomzodini ilgari surdi.

Deputatlar ko‘rsatilgan nomzodni bir ovozdan ma’qullab, xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisining o‘rinbosari etib tasdiqladilar.

Ma’lumot o‘rnida, xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Mahmudjon Mamatovich Parpiyev 1958-yilning 6-fevralida Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining a’zosi. U mehnat faoliyati davomida tuman, viloyat va respublika matbuot nashrlarida, siyosiy partiya tizimida mas’ul vazifalarda samarali ish olib borgan.

Viloyat hokimligining “Namangan haqiqati” gazetasiga 2003 yildan buyon bosh muharrirlik qilib kelayotgan Mahmudjon Parpiyev ayni paytda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi raisi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring