Xitoyning sobiq rahbari vafot etdi
![Xitoyning sobiq rahbari vafot etdi](https://xabar.uz/static/crop/8/5/920__95_857426180.png)
Kommunistik partiyaning sobiq bosh kotibi va Xitoy rahbari Szyan Szemin 96 yoshda vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Szemin Shanxayda mahalliy vaqt bilan 12:13 da leykemiya va ko‘p a’zolar yetishmovchiligidan vafot etgan.
Szyan Szemin 1993-yildan 2002-yilgacha mamlakat rahbari sifatida ishlagan. U 1946-yilda XXR tashkil etilishidan uch yil oldin Kommunistik partiyaga qo‘shilgan.
Szemin Shanxay Jiaotong universitetida muhandis-yelektrik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan, so‘ngra Rossiyaga Stalin nomidagi Moskva avtomobil zavodiga borib, 1956-yilgacha o‘qigan. U davrida siyosiy sohada qonunlar kuchaytirildi, iqtisodiy sohada jiddiy islohotlar amalga oshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter