Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda mas’ul shaxs aholidan yig‘ilgan «suv puli»ni «tuya qilgani» fosh bo‘ldi

Xorazmda mas’ul shaxs aholidan yig‘ilgan «suv puli»ni «tuya qilgani» fosh bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. 

Aniqlanishicha, «X.T.» MChJ Urganch shahar bo‘limi nazoratchi-inspektori A.A. shu yilning yilning 5 oyi davomida iste’molchilardan ichimlik suvi uchun undirilgan jami 176,6 mln so‘mni kirim qilmasdan hujjatlarni soxtalashtirish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring