Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda soxta DXX xodimi ushlandi

Xorazmda soxta DXX xodimi ushlandi

Urganch shahridagi umumta’lim maktablarining birida psixolog vazifasida ishlab kelgan, oliy ma’lumotli, 1984-yilda tug‘ilgan A.Madrimov fuqaro «Q.O.»ga o‘zini go‘yoki hozirda Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasida ishlayotganligini aytib, 600 AQSh dollari evaziga uni Chegara qo‘shinlariga ishga kiritib qo‘yishi mumkinligini bildiradi.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida A.Madrimov jabrlanuvchi «Q.O.»dan 600 AQSh dollari olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uza.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring