Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yangi Namangan» shaharchasi quriladi

«Yangi Namangan» shaharchasi quriladi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Namangan viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyatda yangi shaharcha qurilishini ma’lum qildi.

— Namangan – aholisi soni million kishidan iborat shaharga aylanadi.

Buning uchun, «Yuksalish» massivida 30 ming oila uchun 330 ta ko‘p qavatli uylar, maktab, bog‘cha, shifoxona, kichik sanoat zonalari, xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini qamrab olgan «Yangi Namangan» shaharchasi bunyod etiladi.

Shuningdek, shaharchada 95 gektar maydonda «Yangi O‘zbekiston bog‘i» barpo qilinadi. Namangan shahri markazida barcha qulayliklarga ega Xalqaro ishbilarmonlik markazi quriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring