Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi O‘zbekiston bog‘i»ga borish uchun yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi

«Yangi O‘zbekiston bog‘i»ga borish uchun yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi

Bugun, 1 sentyabr kuni «Yangi O‘zbekiston bog‘i»da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan mushakbozlik tadbiri bo‘lib o‘tishi munosabati bilan, «Yangi O‘zbekiston bog‘i»ga vaqtinchalik yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda avtobus harakati tashkil etilgan:

«Do‘stlik metrosi-Yangi O‘zbekiston bog‘i»;

«Mashinasozlar metrosi-Yangi O‘zbekiston bog‘i».

Shuningdek, «Yangibozor AShB - Mashinasozlar metrosi» yo‘nalishi jadvallari soni ko‘paytirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring