Yangiyo‘ldagi YTHda o‘qituvchi halok bo‘ldi

Yangiyo‘l tumanida «Matiz» haydovchisi urib yuborgan ayol vafot etdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, 2018-yilning 22-mart kuni soat 21.00 larda Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan A.G. o‘z boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinani «Toshkent — Dushanbe» avtomobil yo‘lining 28-kilometrida boshqarayotib, piyoda, Yangiyo‘l tumanida yashagan, Yangiyo‘l shahridagi 9-sonli maktabning o‘qituvchisi, 1967-yilda tug‘ilgan, D.Sh.ni urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter